Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Plexanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Mixaylovich Plexanov
Tavalludi 16-oktyabr 1931-yil
Omsk viloyati, SSSR
Vafoti 13-yanvar 2022-yil(2022-01-13)
(90 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi tarixchi

Aleksandr Mixaylovich Plexanov (1931-yil 16-oktyabr, SSSR, Omsk viloyati, Kitayli qishlogʻi – 2022-yil 13-yanvar[1][2]) – sovet va rus kontrrazvedkachisi va tarixchisi. SSSR KGB faxriysi, isteʼfodagi polkovnik. Tarix fanlari doktori, FSB akademiyasining professori. Xavfsizlik idoralari tarixi, davlat chegarasining xavfsizligi va himoyasi hamda kazaklar haqidagi monografiyalar muallifi.

Aleksandr Mixaylovich Plexanov 1931-yil 16-oktyabrda Omsk viloyatining Kitayli qishlogʻida tugʻilgan.

1950-yilda Ichki Ishlar Vazirligining Toshkentdagi Suvorov harbiy bilim yurtida, S.M.Kirov nomidagi Ichki Ishlar Vazirligining Orjonikidze harbiy bilim yurtida taʼlim olgan va mehnat faoliyatini olib borgan[3]. Shuningdek, Leningrad universitetining tarix fakulteti tamomlagan. 1993-yilda „1921–1925-yillardagi Cheka-OGPU faoliyati“ mavzusida tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4].

U harbiy maktablarda ofitser-oʻqituvchi, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan. SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi Oliy maktabida va Rossiya Federatsiyasi federal chegara xizmati tarixiy tadqiqot markazida dotsent boʻlgan.

Aleksandr Mixaylovich Plexanov Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining haqiqiy aʼzosi hisoblanadi.

U Rossiya maxsus xizmatlari tarixini oʻrganish jamiyatining va „Lubyankadagi tarixiy oʻqishlar“ konferensiyasining asoschilaridan biri boʻlgan.

Aleksandr Mixaylovich Plexanov 2022-yil 13-yanvarda vafot etgan.

Aleksandr Mixaylovich Plexanov oʻn beshta hukumat mukofotlariga sazovor boʻlgan va II darajali „Kontrrazvedka xizmati uchun“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. U 2012-yilda Andrey Plexanov bilan birgalikda „Badiiy adabiyot va jurnalistika“ nominatsiyasida „Rossiya chegarasida alohida chegara qoʻriqlash korpusi (1893—1919)“ ilmiy-ommabop nashri uchun Rossiya FSB mukofoti bilan taqdirlangan.

  1. „Скончался известный историк спецслужб, уроженец Омской области Александр Плеханов“. 2022-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
  2. „13 января на 91 году жизни скончался советский и российский контрразведчик“. 2022-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
  3. „ЛЕНИНГРАДСКОЕ (КУТАИССКОЕ) И ТАШКЕНТСКОЕ СУВОРОВСКИЕ ВОЕННЫЕ УЧИЛИЩА.“. www.kadet.ru. Qaraldi: 18-noyabr 2023-yil.
  4. Plexanov, Aleksandr Mixaylovich. Deyatelnost VChK-OGPU v pervoy polovine dvadsatix godov, 1921—1925 gg. : diss. … d-ra ist. nauk : 07.00.02. – Moskva, 1993. – 386 s.